Andijonlik ayol erining qotilligini fosh qildi

Andijonlik ayol erining qotilligini fosh qildi

Andijon shahrida qotillik jinoyati fosh qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda. Bu haqda "xabar.uz" xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘ttiz to‘rt yoshli fuqaro o‘zaro janjal natijasida U. U. o‘zining tug‘ishgan opasi SH. U.ni (1979 yilda tug‘ilgan) bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirib qo‘ygach, jinoyatini yashirish maqsadida jasadni uy ichidagi xonalarning biriga ko‘mib tashlagan. E’tiborlisi - jinoyat 2018 yilning dekabr oyida yuz bergan bo‘lib, U.U.ning turmush o‘rtog‘i IIBga murojaat qilganidan keyin kecha - 30 mart kuni fosh etildi.

Ayni paytda holat yuzasidan JKning (Jinoyat kodeksi) 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.U. hisbga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!