Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 15 iyun kuni ertalab Andijon shahridagi 1-kichik daha “Yoyilma” MFY joylashgan to‘rt qavatli 1-uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Andijon viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, mazkur yong‘inda halok bo‘lgan va jarohatlanganlar yo‘q. Aholining uylariga yong‘in tutashmagan.

Yong‘in haqidagi xabar Favqullodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha navbatchilik qismiga soat 09.10 da kelib tushgan va zudlik bilan hodisa joyiga jami 12 ta, 10 taasosiy va 2 ta maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari jalb etilgan. Birinchi mashina hodisa joyiga 09.17 da yetib borgan. O‘t o‘chiruvchilar tomonidan qurshovga olingan yong‘in soat 09.55 da butunlay bartaraf etilgan.

Yong‘in sodir bo‘lgan mazkur huddudga viloyatning mutasaddi rahbarlari yetib borib, vaziyatni nazoratga olgan. Shuningdek, tez tibbiy xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari o‘z vazifalarini bajarmoqda.

Yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Manba: auz.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!