Ancheloti: "El-klasiko" Ronaldu, Messi va Ramossiz ham davom etaveradi"

Ancheloti: "El-klasiko" Ronaldu, Messi va Ramossiz ham davom etaveradi"

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ramos, Messi va Ronaldusiz "El-klasiko" haqida gapirdi.

"Ikkala jamoa ham o‘zgarmoqda, lekin bizni baribir ajoyib o‘yin kutib turibdi. Jismoniy jihatdan biz yaxshilanmoqdamiz.

Biz Ansu Fati yoki Vinisius kabi futbolchilar qanday cho‘qqilarga chiqa olishlarini hali bilmaymiz, lekin bilamizki, "Klasiko" har doim juda katta uchrashuv bo‘ladi.

Menda ham Krishtianu va Messi maydonda bo‘lgan paytlardagidek tuyg‘ular bor. Bu juda o‘ziga xos o‘yin. Hozir jamoalarda boshqa futbolchilar bor, lekin menimcha, "Barselona" yoshlari zo‘r.

"Klasiko" Messisiz, Krishtianu va Ramossiz, kelajakda ham - yakshanba kuni o‘ynaydiganlarsiz ham bo‘ladi", dedi Anchelotti.

"Barselona" - "Real" o‘yini bugun, 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!