Ana xolos! Ukrainada PZR-testlarning 30 foizi yanglish salbiy natija ko‘rsatmoqda

Ana xolos! Ukrainada PZR-testlarning 30 foizi yanglish salbiy natija ko‘rsatmoqda

PZR-testdan o‘tkazish COVID-19’ga chalingan bemorlarning 30 foizida koronavirusni aniqlamaydi. Bu haqda Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanov  brifingda ma’lum qildi.

Shu tufayli Ukrainada kasallikning klinik belgilari bo‘lgan bemorlargina kasalxonaga yotqizilmoqda va davolanmoqda.

Stepanovning qo‘shimcha qilishicha, koronavirus PZR-testlar orqali aniq tashxislanmasligining bir nechta sabablari bor.

«Bu material yig‘ish, organizmning fiziologik o‘ziga xosliklari bilan bog‘liq. Shu jumladan, PZR usuli orqali diagnostika uchun surtma olish vaqtida virus qayerda bo‘lishiga ham bog‘liq», — deya aniqlik kiritdi vazir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!