Ana xolos! Prezidentning portreti aholiga majburan sotilmoqda

Ana xolos! Prezidentning portreti aholiga majburan sotilmoqda

Turkmaniston sharqidagi Lebap viloyati rasmiylari aholini oziq-ovqat bilan birga Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning fotosuratlarini sotib olishga majburlamoqda.

Hozir davlat do‘konlarida arzonroq narxda un va non sotilmoqda. Ular bilan birga 50x35 santimetr o‘lchamdagi Berdimuhammedovning portreti ham qo‘shib sotilmoqda. Suratning bahosi 20 manat (qariyb 6 dollar).

Odamlar oziq-ovqat sotib olayotganda norozilik bildirishmadi, chunki do‘konlar atrofida Ichki xavfsizlik vazirligi xodimlari va polisiya turgan. Ismi sir qolishini istagan polisiya xodimining so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar Berdimuhammedovning fotosurati har bir uyda bo‘lsa, aholi uni "ko‘proq sevadi", deb hisoblaydi. 

Oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shimcha ravishda prezident fotosuratlarining sotilishi mamlakat davlat muassasalarida Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov portretlarini ommaviy almashtirish mavsumi boshlanishiga to‘g‘ri keldi. Barcha davlat idoralarida portretlar 1 sentyabrgacha yangilanishi kerak. Yangi fotosuratlar eskilaridan fonda gilamning rangi, prezidentning sochlari uzunligi va rangida farq qiladi.

Turkmanistonda prezident portretlari barcha muassasa va korxonalarda, shuningdek jamoat joylarida mavjud. Portretlar prezident tashqi qiyofasining o‘zgarishi munosabati bilan muntazam ravishda yangilanadi. Eski portretlarni yangilariga almashtirish aholi hisobidan amalga oshiriladi. Yanvar oyida mamlakat rasmiylari davlat idoralariga qora sochli prezident suratlarini oq sochlilariga almashtirishga buyruq bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!