Ana xolos! Poroshenko endi stullarni o‘g‘irlashda ayblanmoqda (foto)

Ana xolos! Poroshenko endi stullarni o‘g‘irlashda ayblanmoqda (foto)

Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoning yangi idorasida Prezident apparatiga tegishli bo‘lgan stullar aniqlandi. Bu haqda jurnalist Denis Goroxovskiy “Feysbuk” sahifasida ma’lum qildi.

"Sehr, boshqa narsa emas", - deya qayd etdi jurnalist.

Avvalroq esa yangi davlat rahbari avvalgi hokimiyatni maxfiy axborotlar saqlanadigan serverlarni olib ketganlikda ayblagandi. Ma’lumotlar bazalari yo‘qoldi. Ammo sobiq matbuot kotibi Poroshenko uskunani ijaraga olgani va o‘z vaqtida qaytarilganligini va u yerda hech qanday maxfiy ma’lumot bo‘lmaganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!