Ana xolos! Koronavirus turkiyalik kelinlarga yangi imkoniyat yaratdi

Ana xolos! Koronavirus turkiyalik kelinlarga yangi imkoniyat yaratdi

Turkiyada koronavirus pandemiyasi ko‘plab to‘y an’analarini, shu jumladan majburiy ravishda niqob kiyishni tartibga solishga majbur qildi.

Ushbu o‘zgarishlar kelinlarga oltinlarini namoyish qilishlari uchun yangi va jozibali usulni yaratishga imkon berdi.

Kaxramanmarashning janubi-sharqiy viloyatida hunarmandlar kelinlar uchun oltin va olmos bilan bezatilgan zargarlik niqoblarini yoki tibbiyot niqoblarini ishlab chiqarishni boshladilar. Ushbu niqoblar, uslubni yo‘qotmasdan, COVID-19dan himoya qiladi. Niqoblarning narxi 8000 liradan (1150 dollar) 75000 liragacha.

Kahramanmarash zargarlar palatasi raisi Mustafo Ozning so‘zlariga ko‘ra, niqoblarga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda.

"Biz barcha to‘ylarda kelinlarning yuzlarida oltin niqoblarni ko‘rishga umid qilamiz", — dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!