Amerika cherkovlarining biridagi Mariya haykali yig‘ladi

Amerika cherkovlarining biridagi Mariya haykali yig‘ladi

Aqshning Xobbs shahrida yana bir noodatiy voqea yuz berdi. Gap shundaki, shahar cherkovlarining biridagi Avliyo Mariya haykalining ko‘zidan yog‘simon, ammo atirgulning hidi keluvchi yosh oqdi.

Bu boradagi Las-Kruses nomli katolikl cherkovining episkopi ma’lumotlariga ko‘ra, g‘ayrioddiy yoshdan namuna olinib, tekshirib ko‘rish uchun mutaxassislarga berilganligan. Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, Avliyo Mariyaning yoshlari xushbo‘y hidga ega zaytun moyi. Biroq guvohlarning aytishicha, uning ko‘z yoshlaridan atirgulning hidi kelar ekan. Yana bir ruhoniy haykalning ichini tekshirib ko‘rishni maslahat berdi, lekin uning ichida o‘rgimchakdan boshqa hech narsa yo‘q edi. Keyinroq ruhoniy haykalni yasagan ustalar bilan gaplashdi. Natija kutilgandek bo‘lmadi. Haykal mis va shamdan yasalib, yuqori temperatura yordamida tayyorlangan ekan. Hozirda Kantu ota bu boradagi qidiruv ishlarini davom ettirmoqda. Agarda bu voqeani ilmiy tomonlama yecha olmasa, demak, bu yoki Xudoning, yoki bezovta ruhlarning ishi bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!