Alisher Usmonov boyligini merosxo‘rlariga qoldirmoqchi emas. Nega?

Alisher Usmonov boyligini merosxo‘rlariga qoldirmoqchi emas. Nega?

Milliarder Alisher Usmonov Forbes Russia ga bergan intervyusida aksiyalarini kimga qoldirishi haqidagi savolga javob berdi.

Ciz aksiyalaringizning qanchadir qismini menejerlaringizga qoldirishingizni ayttingiz. Merosxo‘rlaringiz-chi?

Biznesni yuritishni eplolmaydigan bolalarga uni qoldirishdan nima naf? Ular o‘z ishini boshlab olishi yoki yashashi uchun yetarli bo‘ladigan miqdorda dividend olishadi. Misqollab yig‘ilgan kapitallarni uni asrashni bilmaydigan keyingi avlodga qoldirish bu fojia. Meros sifatida biznesdan orttirilgan boylikni qoldirish mumkin, lekin biznesni kimga qoldirish haqida uzoq o‘ylashga to‘g‘ri keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!