Alisher Shodmonov: Oxirgi 14 kunda koronavirus bo‘yicha holatlarning 48 foizi aholi orasida aniqlangan

Alisher Shodmonov: Oxirgi 14 kunda koronavirus bo‘yicha holatlarning 48 foizi aholi orasida aniqlangan

Oxirgi 14 kunda koronavirus bo‘yicha holatlarning 2171tasi, ya’ni 52 foizi chet eldan kelgan fuqarolarda, 48 foizi esa aholi orasida aniqlangan. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov “O‘zbekiston24” kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Shodmonovning so‘zlariga ko‘ra, belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilmaslik aholi orasida virus keng tarqalishiga sabab bo‘lmoqda.

Vazir to‘ylarni tashrif buyuruvchilar soni cheklangan holda o‘tkazishga ruxsat berilgani, biroq odamlar bunga amal qilmayotganligini ta’kidladi.

Masalan, 4 ta to‘yda 110 ta kasallik aniqlangan, bundan tashqari, birgina Yunusobod tumanida o‘tkazilgan to‘yda 79 kishi virus yuqtirib olgan. 30 kishilik limitga rioya etish uchun bir kunda uch marta to‘y qilgan.

Oxirgi bir oyda O‘rikzor bozorida 35ta, Yunusobod bozorida 39 ta, Chorsu bozorida 11 ta, Abu Saxiyda 47 ta, Chilonzor buyum bozorida 52 ta holatda virus aniqlangan. Qurilish tashkilotlarida 200dan ortiq kishida virus qayd etilgan. Bundan tashqari, vino zavodida 71ta, bank xodimlarining 34 nafarida kasallik aniqlangan.

“Bu esa ushbu korxona va tashkilotlarda sanitariya-gigiyena va karantin qoidalariga amal qilinmaganligini bildiradi”, dedi Shodmonov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!