Aliment qarzdorligi jamg‘arma hisobidan to‘lab berildi

Aliment qarzdorligi jamg‘arma hisobidan to‘lab berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 7 martdagi PF-87-son Farmon ijrosini ta’minlash, shuningdek, aliment to‘lovlari jamg‘armasi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 3 avgustdagi 427-son qarori qabul qilinib, “Aliment to‘lovlari jamg‘armasi to‘g‘risida” Nizom tasdiqlangan.

Nizom talablariga ko‘ra, jamg‘arma mablag‘lari voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun qarzdor jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, aliment to‘lovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni (ushbu jinoyat natijasida yetkazilgan zararni) qoplab berishga (biryo‘la undiruvchiga to‘lab berishga) yo‘naltirilishi belgilangan.

Mazkur qaror talablariga muvofiq, aliment to‘lamaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorligi (jinoyat oqibatiga yetkazilgan zarar) Majburiy ijro byurosi “Aliment to‘lovlari jamg‘armasi” hisobidan qoplab berilmoqda.

Misol uchun, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Peshko‘ tumanlararo sudining 04.01.2016 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor E.I.dan undiruvchi O.A. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lsada, qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilganligi va ma’muriy jazoga tortilganidan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan ikki oydan ortiq muddat davomida aliment pullarini qasddan to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilgan va jinoyat ishi mazmunan ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Peshko‘ tuman sudiga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Peshku tuman sudining 03.02.2022 yildagi hukmiga asosan sudlanuvchi E.I. O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va qarzdor E.I.dan undiruvchi O.A. foydasiga 29.341.730 so‘m miqdorda zarar undirish to‘g‘risida qaror chiqarilgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan “Aliment to‘lovlari jamg‘armasi” hisobidan 29.341.730 so‘m miqdorda pullar undiruvchi nomiga ochilgan bank plastik kartasiga ko‘chirib berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!