Ajabo! Odamlarda keksayish jarayonini kislorodli terapiya bilan sekinlashtirish mumkin

Ajabo! Odamlarda keksayish jarayonini kislorodli terapiya bilan sekinlashtirish mumkin

Isroillik olimlar odamlarda keksayish jarayonini kislorodli terapiya bilan sekinlashtirish mumkinligini aniqladi.

Unga ko‘ra,  Tadqiqotchilar 64 yoshdan oshganlarni haftasiga besh kun davomida 90 daqiqa davomida giperbarik bosim kameralariga joylashtirdi. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘ngillilarda vaqt o‘tishi bilan telomeralarning uzunligi (hujayraning bo‘linishi paytida genomni saqlashga mas’ul bo‘lgan xromosomalarning qismlari) ortgan.

Ma’lumki, telomeralar yosh o‘tishi bilan kamayadi. Sof kislorod telomer uzunligini 20% ga oshirdi. Ishtirokchilarning telomeralari hozirda 25 yil oldingi kabi uzunlikka erishmoqdalar.

Shuningdek, bemorlarda hujayralarni qayta tiklash jarayoni 37 foizga yaxshilandi, bu hayotni uchdan bir qismidan ko‘prog‘iga uzaytirishi mumkinligini anglatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!