Airbus ishlab chiqarish hajmini 40 foizga qisqartiradi va minglab ishchilarini bo‘shatadi

Airbus ishlab chiqarish hajmini 40 foizga qisqartiradi va minglab ishchilarini bo‘shatadi

Evropaning Airbus SE aviakonserni pandemiya sababli ikki yil davomida mahsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmini 40 foizga qisqartiradi hamda minglab xodimlarini ishdan bo‘shatadi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Giyom Fori Die Welt gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

"Biz aviakompaniyalar bilan bog‘liq vaziyatdan ajralgan holda harakat qila olmaymiz", -  dedi u. 

Hozirda kompaniya ishlab chiqargan ko‘plab samolyotlar yetkazib berilmagan, chunki buyurtmachilar inqiroz sababli havo kemalarini qabul qilmayapti.

Bosh direktorning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat barqarorlashishi haqida 2021 yil oxiriga kelibgina gapirish mumkin.

Fori nechta ish o‘rni qisqarishini aytmadi, bu iyul oxiriga kelib ma’lum bo‘ladi.

Airbus pandemiya sababli birinchi chorakda 481 mln yevro yo‘qotdi. 2019 yilda ham konsern zarar ko‘rgandi, o‘shanda bunga korrupsion mojaro sabab bo‘lgandi. Airbus SE Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh bilan 3,6 mlrd yevro jarima to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!