Aholiga ko‘rsatilayotgan mobil aloqa xizmatlari sifatiga salbiy ta’sir o‘tkazayotgan radioxalaqitlarni aniqlashda 33 ta noqonuniy qurilmalar faoliyatiga chek qo‘yildi

Aholiga ko‘rsatilayotgan mobil aloqa xizmatlari sifatiga salbiy ta’sir o‘tkazayotgan radioxalaqitlarni aniqlashda 33 ta noqonuniy qurilmalar faoliyatiga chek qo‘yildi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Ruxsora Masharipova ma’lum qildi.

“O‘zkomnazorat” Inspeksiyasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalar doirasida 2024 yilning I choragida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida qonun va normativ hujjatlar, davlat standartlari talablariga rioya qilinishi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan 13 101 ta nazorat tadbirlari, xususan 149 ta ob’ektlarda o‘rganish hamda 12 952 ta monitoring tadbirlari tashkil etildi. Hamda 3 828 ta kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha idora va tashkilotlarga 20 ta taqdimnoma, ko‘rsatma, 637 ta ogohlantirish va 114 ta xulosa hamda takliflar berilib, ijrosi nazorat qilindi.

Qonun va normativ hujjatlar, davlat standartlari talablariga rioya qilmagan , 61 ta shaxsga, jumladan 39 nafar jismoniy va 22 nafar yuridik shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanildi.

2024 yilning I choragida sohaga oid 2 806 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 75,0 foizi, ya’ni 2 001 tasi ijobiy hal etilgan. Murojaatlarning 2 198 tasi Inspeksiyaning 1144 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga yo‘llangan.

Davlatimiz Rahbari tomonlaridan joriy etilgan murojaatlar bilan ishlashning “Mahallabay” tizimi doirasida 2024 yilning I choragida mahallalarda tashkil etilgan 34 ta sayyor qabullarda 125 ta murojaat ko‘rib chiqilib, 110 tasi yoki 76 foizi o‘zining ijobiy yechimini topgan.

Soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan belgilangan 1 222 ta vazifa va loyihalarning bajarilishi monitoring qilinib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha 181 ta ogohlantirish xatlari chiqarilib, ijrosi nazoratga olingan.

Aholiga ko‘rsatilayotgan mobil aloqa xizmatlari sifatiga salbiy ta’sir o‘tkazayotgan radioxalaqitlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan 32 ta tadbirlarda aniqlangan 33 ta noqonuniy foydalanilayotgan qurilmalar faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Turizm maskanlari, aeroport, temiryo‘l, avtovokzal va boshqa jamoat joylarida tashkil etilgan 3 769 ta Wi-Fi hududlarida xizmatlar sifati holati o‘rganilgan.

Davlat organlari va tashkilotlarining 100 dan ortiq Call-markaz va ishonch telefonlari faoliyati monitoring qilingan. Monitoring natijasida 19 ta kamchiliklar aniqlanib, ularni bartarf etish choralari ko‘rilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!