80 dan ortiq fuqarolarning nomiga kredit rasmiylashtirib aldab ketgan ayol qamaldi

80 dan ortiq fuqarolarning nomiga kredit rasmiylashtirib aldab ketgan ayol qamaldi

Toshkentda bir nechta fuqarolar nomiga texnika mahsulotlarini kredit evaziga xarid qilgan 1986 yilda tug‘ilgan ayol, 1995 va 1996 yilda tug‘ilgan sheriklari bilan sud qilindi. Bu haqda Millar dasturida ma’lum qilindi.

Aniqlanishicha, pulga muhtoj bo‘lgan fuqarolar maishiy texnikalarni kredit evaziga o‘zlarining nomiga sudlanuvchilar uchun olib berishlari evaziga 300 ming so‘mdan pul olgan.

80 dan ortiq fuqarolarni chuv tushirgan ushbu ayol bundan avval ham 12 marotaba sudlanib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan.

"Fuqarolarning nomiga kredit olish bilan shug‘ullanganman. Jinoyat sodir etganimni tan olaman. Men bilan birga sudlanayotgan 2 nafar erkaklarni mening sheriklarim emasligini ham aytdim", - dedi sudlanuvchi ayol.

Sud hukmiga ko‘ra ayolga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi "v" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga nisbatan 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ikki nafar sudlanuvchi yigitlarga esa 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!