4 ta tumanda elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi

4 ta tumanda elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bag‘dod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “SH.P.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari dala maydoniga o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish uskunasining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida unga tashqaridan aralashib, suv nasosi orqali 963,9 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga jami 867,2 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning O‘zbekiston tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro S.M. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan ohak ishlab chiqarish sexi tashkil etib, qo‘lbola yondirgichlarni tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 289,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi va “Hududgaz Andijon” GTF xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruvda YATT A.YU. “Sho‘r” MFY hududida joylashgan ishlab chiqarish sexini umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 236,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Buvayda tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa “V.B.” MCHJ ish boshqaruvchisi M.X. MCHJ klinikasiga o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish uskunasiga tashqi ta’sir o‘tkazib, jami 83,3 mln so‘mlik mulkini talon-toroj qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!