27 avgustda Turkiya Prezidenti Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

27 avgustda Turkiya Prezidenti Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

Avvalroq, Kreml Turkiya va Rossiya Federasiyasi rahbarlari o‘rtasida telefon qo‘ng‘iroqlari bo‘lganini istisno qilmagan edi

Turkiya rahbari Toyyib Erdo‘g‘an 27 avgust, seshanba kuni Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkiya prezidentining matbuot xizmati xabar qildi.

“Prezident 27 avgust kuni Rossiya Federasiyasiga bir kunlik tashrif bilan borishni rejalashtirmoqda”, dedi Turkiya tomoni.

Kreml Rossiya rahbari Vladimir Putin va Turkiya rahbari Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi uchrashuv haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

Rossiya Federasiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov har ikki mamlakat rahbarlari 27 avgust kuni MAKS aviakompaniyasida uchrashishini ta’kidladi.

Tashrif dasturi haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq, turk siyosatchisining vakili, Turkiya rahbari rossiyalik hamkasbi bilan Suriyaning Idlib shahridagi turk harbiy karvoniga qilingan so‘nggi hujumni muhokama qilish niyatida ekanligini aytgan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!