+266. Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni 29.918 taga yetdi

+266. Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni 29.918 taga yetdi

🔺2020 yil 8 avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29 918 (+266) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 118 nafari Toshkent shahrida, 56 nafari Buxoro viloyatida, 34 nafari Samarqand viloyatida, 24 nafari Toshkent viloyatida, 22 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 12 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

🔴Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Shayxontohur tumanida yashagan 70 yoshli A.A. (erkak) vafot etdi.

❗️E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 498 nafar, Toshkent viloyatida 215 nafar, Buxoro viloyatida 70 nafar, Namangan viloyatida 44 nafar, Surxondaryo viloyatida 30 nafar, Qashqadaryo viloyatida 24 nafar, Samarqand viloyatida 21 nafar, Sirdaryo viloyatida 14 nafar, Farg‘ona viloyatida 11 nafar, Xorazm viloyatida 5 nafar hamda Navoiy viloyatida 4 nafar, jami 936 nafar bemor tuzaldi.

❗️Shunday qilib, yurtimizda 21 316 (+936) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sog‘aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 8 414 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!