24 iyun: Putin G‘alaba paradini o‘tkazishni buyurdi

24 iyun: Putin G‘alaba paradini o‘tkazishni buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoyguga Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan paradni 24 iyunda o‘tkazishni buyurdi. An’anaviy tarzda 9 mayda o‘tkaziladigan G‘alaba paradi joriy yilda koronavirus pandemiyasi sababli keyinroqqa qoldirilgandi.

Putinning ta’kidlashicha, Rossiyada koronavirus epidemiyasining eng yuqori darajasidan o‘tildi. Rossiya prezidentining aytishicha, parad ishtirokchilari sog‘lig‘iga barcha xavflar minimumga keltirilishi, yaxshisi esa umuman istisno qilinishi lozim. 

“Rossiya poytaxti Moskvada va boshqa shaharlarda G‘alabaning 75 yilligi sharafiga harbiy paradga tayyorgarlikni boshlashni buyuraman. Biz buni 1945 yilda tarixiy g‘oliblar paradi o‘tgan kun – 24 iyunda amalga oshiramiz. O‘shanda Qizil maydon bo‘ylab Moskva ostonasida jang qilgan va Leningradni himoya qilgan, Yevropani ozod qilgan va Berlinni ishg‘ol qilgan jangchilar yurib o‘tgan”, deb aytgan Putin Shoygu bilan o‘tkazilgan majlisda. 

Eslatib o‘tamiz, G‘alaba paradi koronavirus epidemiyasi sababli qoldirilgandi. Faqat o‘sha kuni Moskva uzra jangovar samolyotlar uchib o‘tgan, kechki payt esa salyut otilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!