225 nafar tunislik hofizi Kalomulloh bo‘lishdi

225 nafar tunislik hofizi Kalomulloh bo‘lishdi

Quvayt markazida joylashgan Xalqaro islomiy xayriya uyushmasi tomonidan Qur’oni karimni yodlashga qaratilgan Al-Shafi’ loyihasi dunyodagi turli mamlakatlarda amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi Qur’oni karimni yod olishga qiziquvchilarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Tunisda ham ushbu mamlakatning xayriya va ijtimoiy loyihalar uyushmasi bilan birgalikda Al-Shafi’ loyihasi asosida Qur’oni karim ta’limi berilmoqda.

Joriy yil 14 iyul kuni mazkur loyihaning Tunisda bo‘lib o‘tgan tantanali marosimida 225 nafar tunislik hofizi kalomullohlar taqdirlandi. Tadbirda Tunisdagi Kuvayt elchisi va Al-Shafi’ xalqaro loyihasi rahbari Xalid Al-Kasar, Tunis parlamenti a’zolari, bu mamlakatning olimlari va oqsoqollari, Quvayt zakot uyining vakillari qatnashdi.

Ushbu loyiha keyingi vaqtlarda o‘zining oldiga qo‘ygan maqsadini oqlamoqda, loyiha asosan yoshlarga qaratilgan, deydi Al-shafi’ loyihasi rahbari.Shuningdek, islomiy va arab jamiyatlariga tahdid soladigan turli yot g‘oyalarga to‘sqinlik qilishga xizmat qilmoqda, deb ta’kidladi Xalid Al-Kasar.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!