21 avgust: bugun ham mandat chiqmaydi!

21 avgust: bugun ham mandat chiqmaydi!

Shu munosabat bilan bugun soat 15:00da Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AOKA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tadbirda 2019/2020 o‘quv yillari oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlari tanlovi bo‘yicha ma’lumot taqdim etiladi.

Shuningdek, 21 avgustda e’lon qilinishi mo‘ljallangan mandat natijalari ma’lum kunlar orqaga surilishi yuzasidan ham axborot beriladi.

Barcha OAV vakillari (jurnalist va blogerlar) taklif etiladi va oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!