17 yarim ming dollar evaziga AQShga yuborishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

17 yarim ming dollar evaziga AQShga yuborishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

Xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.E. fuqaro L.Q.ning ishonchiga kirib, uni 17 500 AQSh dollari evaziga Yevropa davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini aytib, oldindan 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.A. fuqaro Z.L.ni tanishlari orqali Germaniya davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 5 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!