16-o‘lim. Toshkentda koronavirusga chalingan 72 yoshli erkak vafot etdi

16-o‘lim. Toshkentda koronavirusga chalingan 72 yoshli erkak vafot etdi

Toshkentlik M.da 2 - iyun kuni “Covid-19” aniqlanib, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan edi. 72 yoshli (erkak) bemor uzoq yillardan buyon  yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligi, qandli diabetning ikkinchi turi tashxisi bilan davolanib kelgan. 2000 va 2019 yillarda u ikki marta  miokard infarktini o‘tkazgan.

❗️Bemorning  davolanishi davomidagi kunlik ahvoli mamlakatimizdagi  shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari  nazoratida bo‘lgan. Bundan tashqari, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazib turilgan. Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimasion muolajalariga qaramasdan jonlantirish bo‘limida sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!