1-sinfga qabul jarayonlari iyun oyidan iyul va avgust oyiga ko‘chiriladi

1-sinfga qabul jarayonlari iyun oyidan iyul va avgust oyiga ko‘chiriladi

Amaldagi tartibga ko‘ra, har yili 1 iyundan 31 avgustga qadar respublikadagi barcha maktablarning 1-sinfiga qabul jarayonlari amalga oshirilgan. Buning uchun ota-onalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri maktablarga borib hujjatlarni topshirgan.  

Karantin sharoitida  buni amalga oshirish, ya’ni ota-onalarning ta’lim muassasalariga yozgi mavsumda ham kelishlarini ta’minlashda muammo yuzaga keladi.

Ushbu masalada xalq ta’limi vazirligi o‘z takliflarirni ishlab chiqmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2020 yil 30 aprelda o‘tkazilgan 28-sonli yig‘ilish bayoniga muvofiq respublikamizda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilib borilayotganligini inobatga olib, hamda  pandemiya ta’siri to‘liq bartaraf  etilguniga qadar  1-sinfga qabul jarayonlarini iyun oyidan iyul va avgust oyiga ko‘chirish belgilangan. Buning natijasida:

1️. Ota-onalarning maktablarga tashrifini cheklash orqali karantin qoidalariga to‘liq rioya etilishi ta’minlanadi.

2️. Iyun oyida umumta’lim maktablari bitiruvchilarining hujjatlarini rasmiylashtirish bilan, oliy o‘quv yurtiga hujjatlarni topshirishga tayyorlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!