Zlatan Ibragimovich 3 yilga futboldan chetlatilishi mumkin

Zlatan Ibragimovich 3 yilga futboldan chetlatilishi mumkin

«Milan» va Shvesiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich FIFA va UYEFA tomonidan belgilangan qoidalarni buzgani uchun uzoq muddatga futboldan chetlatilishi mumkin.

Qayd etilishicha, 39 yoshli futbolchi 2018 yildan beri Bethard bukmekerlik idorasining 10 foiz ulushiga egalik qiladi. U to‘liq o‘ziga tegishli bo‘lgan Unknown AB firmasi orqali kompaniya huquqlariga egalik qilib kelgani aytilmoqda.

FIFA va UYEFA qoidalariga bo‘yicha agar ma’lum futbolchi bukmekerlik idoralariga aloqasi bo‘lsa, o‘yinchi tashkilotlar nomidagi musobaqalarda ishtirok eta olmaydi. Ibragimovich «Milan» safida Yevropa Ligasida o‘ynaganida va JCH—2022 saralashi doirasidagi uchrashuvlarda Shvesiyaga terma jamoasiga qaytganida ushbu qoidani buzgan.

"Bethard"dagilar Ibragimovichning hamon kompaniyada o‘z ulushiga egalik qilishini tasdiqlagan.

Reglamentni buzgani uchun forvard 100 ming yevrogacha jarimaga tortilishi va 3 yilgacha futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlatilishi mumkin.

Qayd etish joiz, Bethard Shvesiya terma jamoasining Gruziya va Kosovoga qarshi Ibragimovich ishtirok etgan o‘yinlariga «stavka»larni taklif qilgan. Shuningdek, Bethard’da muntazam ravishda A Seriya o‘yinlariga ham pul tikish mumkin. Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida Shvesiya futbol federasiyasi ham bir necha yillardan buyon xabardor.

FIFA va UYEFAning vaziyatga izoh berishdan bosh tortgani aytilmoqda.

Zlatan Ibragimovich Italiya chempionatining 2020/21 yilgi mavsumida 17 o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol va 2 ta assistga mualliflik qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!