Krokusdagi teraktga aloqador yana bir Tojikiston fuqarosi qo‘lga olindi

Krokusdagi teraktga aloqador yana bir Tojikiston fuqarosi qo‘lga olindi

«Krokus Siti Xoll»dagi teraktga aloqador yana bir gumonlanuvchi qo‘lga olindi. U, shuningdek, Tojikiston fuqarosi — 21 yoshli Jumoxon Begidjonovich Qurbonov bo‘lib chiqdi, deb xabar beradi RBK.

U «odamning qasddan o‘limiga sabab bo‘lgan terrorchilik harakatini sodir etish» moddasi bo‘yicha jinoyat sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Teraktni bevosita sodir etganlik uchun Tojikistonning to‘rt nafar fuqarosi – Dalerjon Mirzoyev, Saidakrami Rachabalizod, Shamsidin Fariduni va Muhammadsobir Fayzovga nisbatan ayblov e’lon qilindi. Rossiyadagi teraktdan keyin ksenofobiya keskin kuchaydi.

Mas’uliyatni «Islom davlati» terror tashkiloti o‘z zimmasiga oldi. Shu bilan birga, Rossiya rasmiylari terakt tashkilotchilarining Ukraina bilan aloqasi borligini ta’kidlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!