Zangiotada uchta uy yonib ketdi

Zangiotada uchta uy yonib ketdi

Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan uch uyda ketma-ket yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent viloyati FVB xabar berdi. 

Ushbu hodisa bugun, 20 oktyabr kuni  «Aloqa» MFY hududida sodir bo‘lgan. Soat 07:19 da bir necha daqiqa farqi bilan qo‘shni bo‘lgan uchta uyda ketma-ket yong‘in sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga zudlik bilan Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari yetib kelgan. Yong‘in hodisasi uylarning 400 kv.m. qismiga zarar yetkazgan.

Jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar aniqlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!