Rossiya prezidenti Vyetnamga tashrifi chog‘ida bildirgan asosiy fikrlari

Rossiya prezidenti Vyetnamga tashrifi chog‘ida bildirgan asosiy fikrlari

Rossiya prezidenti Vyetnamga tashrifi chog‘ida matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vladimir Putinning matbuot anjumanida bildirgan asosiy fikrlaridan iqtiboslar:

◾️ Rossiya o‘zining yadroviy doktrinasiga o‘zgarishlar kiritish haqida o‘ylamoqda;

◾️ Ukrainaga qurol yetkazib berilishiga javoban Rossiya boshqa davlatlarga qurol yetkazib berishni ham istisno etmayapti. G‘arb buning oxiri qanday bo‘lishi haqida o‘ylab ko‘rsin;

◾️ Rossiya Federasiyasi KXDRga qurol yetkazib berishni istisno etmaydi;

◾️ G‘arbning biz tomonimizdan ilgari surilgan tinchlik tashabbusiga munosabati qanday bo‘lishi oldindan kutilgan edi;

◾️ Bizga qarshi zarba berish kerak emas, javob zarbamiz natijasida dushman yo‘q qilinishi kafolatlanadi;

◾️ Ukrainadagi mojaroda KXDR askarlaridan foydalanishga hojat yo‘q;

◾️ KXDRdagi rejimga o‘zingiz xohlagancha munosabatda bo‘lishingiz mumkin, ammo siyosiy sabablarga ko‘ra sanksiyalar joriy etish g‘ayriinsoniydir;

◾️ Ukraina bo‘yicha muzokaralar ertaga ham bo‘lib o‘tishi mumkin, lekin Rossiya hozirgi vaziyatdan chiqib ish tutadi;

◾️ Rossiya uchun strategik mag‘lubiyat uning davlatchiligining yo‘q bo‘lishini bildiradi, ya’ni qo‘rqishning hojati yo‘q, biz oxirigacha borishimiz kerak;

◾️ G‘arb barcha nomaqbul qarorlarni Zelenskiyning zimmasiga va kelasi yilning birinchi yarmida undan voz kechadi;

◾️ Agar Kiyev Moskva bilan muzokaralarni Rossiya qo‘shinlarini olib chiqish bilan bog‘lasa, demak, bu hech qachon amalga oshmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!