Yaponiya tashqi ishlar vaziri Kamikava: Tokio Rossiya va KXDR munosabatlarining rivojlanishidan xavotirda

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Kamikava: Tokio Rossiya va KXDR munosabatlarining rivojlanishidan xavotirda

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoko Kamikava Tokio Rossiya va KXDR o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishidan jiddiy xavotirda ekanini aytdi.

«Bu mamlakatimiz atrofidagi xavfsizlik vaziyatiga katta zarar yetkazadi va shuning uchun hukumat jiddiy xavotirda», — deya diplomatning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Bundan tashqari, Yoko Kamikava Yaponiya hukumati ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanishini, jumladan, Rossiya bilan diplomatik munosabatlarga ta’sirini diqqat bilan kuzatib borishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!