Toshkentdagi “Buyuk Turon” ko‘prigi mashinalar harakati uchun 2 oyga yopildi

Toshkentdagi “Buyuk Turon” ko‘prigi mashinalar harakati uchun 2 oyga yopildi

Mirzo Ulug‘bek tumani Temur Malik ko‘chasini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

20 iyun soat 21:00dan boshlab, 2024 yil 1 avgust kuniga qadar Temur Malik ko‘chasining Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidagi ko‘prik, “Buyuk Turon” ko‘prigi avtoulovlar harakati uchun yopiladi.

Avtoulovlar harakatida: Buyuk Ipak yo‘lidan harakatlanayotgan avtoulovlar Temur Malik yo‘li bilan aylanib o‘tib, o‘z harakatlarini davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Avtoulovlarning harakatini tartibga keltirish maqsadida ushbu yo‘llar kesishmasida maxsus svetoforlar o‘rnatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!