O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish bilan birgalikda elektr energiya ishlab chiqarish ham kamaymoqda

O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish bilan birgalikda elektr energiya ishlab chiqarish ham kamaymoqda

Statistika agentligiga tayanib yozishicha, 2022 yilda gaz qazib olish 53,8 mlrddan 51,67 mlrd kub metrgacha yoki 4 foizga, 2023 yilda esa 51,67 mlrddan 46,71 mlrd kub metrgacha yoki 9,6 foizga qisqargan.

2017-2023 yillar oralig‘ida tabiiy gaz qazib olish hajmining o‘zgarishi quyidagicha (Statistika agentligi ma’lumotlari):

2017 yil – 56 mlrd 417,6 mln kub metr;

2018 yil – 60 mlrd 396,5 mln kub metr;

2019 yil – 60 mlrd 537,5 mln kub metr;

2020 yil – 49 mlrd 736,2 mln kub metr;

2021 yil – 53 mlrd 802 mln kub metr;

2022 yil – 51 mlrd 678,4 mln kub metr;

2023 yil – 46 mlrd 710,3 mln kub metr.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish muttasil ravishda qisqarib bormoqda. Xususan, 2019–2023 yillar oralig‘ida bu qisqarish 22,8 foizni tashkil qilgan. Mahalliy ishlab chiqarishning kamayishi Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi hisobiga qoplanyapti.

So‘nggi kunlarda aholi tomonidan respublikaning ko‘plab hududlarida elektr energiyasi uzilishi ko‘payib qolgani bilan bog‘liq e’tirozlar ortmoqda.

Respublikada harorat rejimi bo‘yicha kanalda asosiy uchta tayanch stansiyalarda o‘rtacha sutkalik haroratning me’yordan chetlashishini kun ora sizlarga taqdim etib boryapmiz.

O‘zbekistonda yozning o‘tgan iyunida o‘rtacha sutkalik haroratning me’yordan 8 darajaga ortib ketish holatlari kuzatilmadi. Demoqchiman, respublikada o‘tgan 20 kunlik yozda bir kunlik bo‘lsa-da issiqlik anomaliyasi qayd etilmadi.

O‘tgan 5—6 yillikda yozda bizning energotizm aynan anomal issiq kunlarda izdan chiqib, ko‘plab muammolarga uchrayotgan edi. Bu yil esa hali poytaxtda kunlik maksimum harorat +38 darajaga yetmasdan turib, ko‘plab podstansiyalarimizda muammolar ko‘rinib qolayotgani ko‘pchilikda havotirlarni uyg‘otmoqda

Oldinda bizni yozning anomal issiqlik to‘lqinlari kutib turganda, kunlik maksimum xaroratlar yirik shaharlarda +40 darajadan ko‘tarilib, aholi va tarmoqlarning haddan tashqari ko‘p elektr energiya iste’moli oshganda energotizm kuchli zo‘riqishlar bilan to‘qnash kelishi tobora oydinlashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!