21 iyunga o‘tar kechasi quyoshda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

21 iyunga o‘tar kechasi quyoshda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

21 iyunga o‘tar kechasi yuqori darajadagi, M toifali kuchli quyosh chaqnashi qayd etildi, deb xabar berdi Amaliy geofizika instituti.

“21 iyun kuni Moskva vaqti bilan soat 02:16 da rentgen diapazonida 20 daqiqa davom etgan M5.8 chaqnashi qayd etildi”, deyiladi institut bayonotida. Chaqnash quyosh dog‘larining 3719 guruhida sodir bo‘ldi.

Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining kuchiga qarab beshta sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X. Minimal A0.0 darajasi Yer orbitasidagi radiasiya quvvati 1 kvadrat metrga 10 nanovattga to‘g‘ri keladi. Keyingi harfga o‘tishda quvvat 10 barobar ortadi. Chaqnashlar odatda quyosh plazmasining otilib chiqishi bilan birga yuzaga keladi, bulutlari Yerga etib kelib, magnit bo‘ronlarini qo‘zg‘atishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!