Toshkent davlat agrar universitetida ta’lim yo‘nalishlari bosqichma-bosqich xalqaro akkreditasiyadan o‘tkaziladi

Toshkent davlat agrar universitetida ta’lim yo‘nalishlari bosqichma-bosqich xalqaro akkreditasiyadan o‘tkaziladi

“Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, davlat muassasasi shaklida “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etiladi. Loyiha ofisi har oyda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasini isloh qilish holati, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar va ularni bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida Prezident administrasiyasiga axborot kiritib boradi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va loyiha ofisi tomonidan:

2024 yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tekshirish va eksport ulushini oshirish uchun Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida xalqaro talablarga mos bo‘lgan 3 ta zamonaviy laboratoriya tashkil etish choralari ko‘riladi.

2024/2025 o‘quv yilidan agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini, pedagoglarining malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari faoliyatini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi takomillashtiriladi.

Toshkent davlat agrar universitetida ta’lim yo‘nalishlari bosqichma-bosqich xalqaro akkreditasiyadan o‘tkaziladi.

Loyiha ofisiga tegishli vazirlik va idoralar, ularning tizimidagi muassasalar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali mutaxassislarini bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, shartnoma asosida loyiha ofisi faoliyatiga jalb qilish huquqi beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!