Umumiy ovqatlanish shoxobchasining hisobga olish dasturlari soliq organlari bilan integrasiya qilinishi kerak

Umumiy ovqatlanish shoxobchasining hisobga olish dasturlari soliq organlari bilan integrasiya qilinishi kerak

Savdo (xizmat ko‘rsatish) shoxobchalarida onlayn-NKT bilan bir vaqtda boshqa turdagi fiskal ma’lumotlar hisobini yuritish tizimlaridan foydalanish taqiqlanadi.

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subektlari tomonidan foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlari) majburiy ravishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integrasiya qilinishi va Davlat reestriga kiritilishi lozim.

Soliq mobil ilovasi orqali kelib tushgan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlar sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazishga asos bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!