Evro—2024. Avstriya Polsha ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi

Evro—2024. Avstriya Polsha ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining D guruhida Polsha va Avstriya terma jamoalari 21 iyun, juma kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Trauner hisobni ochdi. 30-daqiqada esa Piatek hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limni avstriyaliklar faolroq boshladi. 66-daqiqaga kelib, Baumgartner ajoyib hujumni gol bilan yakunladi. 78-daqiqada Marko Arnautovich penaltidan unumli foydalanib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va Avstriya 3:1 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

Evro—2024

2-tur

21 iyun, juma

Polsha – Avstriya 1:3

Gollar: 0:1 – 9 Trauner, 1:1 – 30 Piatek, 1:2 – 66 Baumgartner, 1:3 – 78, penal’ti Arnautovich.

Polsha: Shchensni, Davidovich, Bednarek, Kiver, Frankovski, Zalevski, Zelin’ski, Petrovski (Moder, 46), Slish (Grosiski, 75), Buksa (Sviderski, 60), Piatek (Levandovski, 60).

Avstriya: Pens, Posh, Trauner (Danzo, 59), Linxart, Mvene (Prass, 63), Zabiser, Laymer, Grillich (Vimmer, 46), Baumgartner (Shmid, 81), Zayvald, Arnautovich (Gregorich, 81).

Ooghlantirishlar: Slish (53), Vimmer (56), Moder (62), Levandovski (64), Arnautovich (70), Shchensni (77).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!