Evropa Ittifoqi Ukraina va Moldovaning tashkilotga a’zoligi bo‘yicha muzokaralar boshlanish sanasini e’lon qildi

Evropa Ittifoqi Ukraina va Moldovaning tashkilotga a’zoligi bo‘yicha muzokaralar boshlanish sanasini e’lon qildi

Belgiyaning Yevropa Ittifoqidagi vakolatxonasi ma’lum qilishicha, YEI kengashi Ukraina va Moldova bilan ittifoqqa qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar boshlanishini 25 iyunga belgilagan. Avvalroq Moldova prezidenti Mayya Sandu muzokaralarni boshlash haqidagi farmonni imzolagan edi.

“Evropa Ittifoqi kengashi tashkilotning umumiy pozisiyalarini, jumladan, Ukraina va Moldovaning qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar asosini ma’qulladi. Bu 25 iyun, seshanba kuni muzokaralar boshlanishiga yo‘l ochadi”, — deb xabar qildi vakolatxona X ijtimoiy tarmog‘ida.

Materialda aytilishicha, muzokaralar Lyuksemburgda bo‘lib o‘tadi.

Ukraina va Moldova 2022 yil iyun oyida a’zolikka nomzod davlatlar maqomini olgandi. Yevrokomissiya ularni korrupsiyaga qarshi kurash va sud-huquq islohotlarini amalga oshirishga chaqirdi, chunki YEIga kirish mezonlari erkinlik, inson huquqlarini hurmat qilish va qonun ustuvorligi tamoyillariga rioya qilishni talab qiladi.

Bugun, 21 iyun kuni Maya Sandu barcha tavsiyalar bajarilganini e’lon qildi. Shuningdek, u Moldovaning YEIga kirishi bo‘yicha muzokaralarni boshlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy muzokaralar jarayoni boshlanishi haqida hozircha izoh bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!