Evro—2024. Ukraina Slovakiya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Evro—2024. Ukraina Slovakiya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining E guruhida Slovakiya va Ukraina terma jamoalari 21 iyun, juma kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Shrans hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim Slovakiyaning kichik ustunligida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limni esa ukrainaliklar faol boshlandi. 54-daqiqada Shaparenko hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 80-daqiqada Yaremchuk Ukrainaning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa uchrashuv Ukrainaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Evro—2024

2-tur

21 iyun, juma

Slovakiya – Ukraina 1:2

Gollar: 1:0 – 17 Shrans, 1:1 – 54 Shaparenko, 1:2 – 80 Yaremchuk.

Slovakiya: Dubravka, Pekarik, Shkrinyar, Vavro, Gansko (Suslov, 67), Kuska, Lobotka, Duda (Benesh, 60), Garaslin (Obert, 67), Shrans (Sauer, 86), Bojenik (Streles, 60).

Ukraina: Trubin, Timchik, Matvienko, Zabarniy, Zinchenko, Yarmolenko (Zubkov, 67), Shaparenko, Mudrik (Malinovskiy, 85), Sudakov, Brajko (Sidorchuk, 85), Dovbik (Yaremchuk, 67).

Ogohlantirish: Yaremchuk (84).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!