"Al Ittihod" Benzema sabab murabbiyni iste’foga chiqardi

"Al Ittihod" Benzema sabab murabbiyni iste’foga chiqardi

"Al Ittihod" bosh murabbiyi Marselo Galyardoni hujumchi Karim Benzema bilan mojarosi tufayli ishdan bo‘shatdi.

Bu haqda klub prezidenti Luay Nazer aytib o‘tdi.

Oldinroq mutaxassis futbolchining munosabati – mashg‘ulotlarga kechikib, o‘z vaqtida kelmayotganidan norozi bo‘layotgani aytilgandi.

"Galyardo Benzemani chetlashtirishni talab qilib, jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi, buni qabul qilib bo‘lmaydi. Karim – Saudiya Arabistoni loyihasi va klubning muhim qismi. Bizda allaqachon almashtirish uchun 2-3 variant mavjud.

Mening asosiy maqsadlarimdan biri yozgi transferlarning aksariyatini "Al Ittihod"ning mavsumoldi yig‘ini boshlanguniga qadar, ya’ni 12 iyulgacha yakunlash", – dedi funksioner.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!