Shols AQShga maxfiy kelishuvni taklif qildi

Shols AQShga maxfiy kelishuvni taklif qildi

2020 yilning yozida Germaniya kansleri Olaf Shols yashirincha Vashingtondan «Shimoliy oqim 2» bo‘yicha sanksiyalarni bekor qilishni so‘ragan, biroq AQSh rasmiylari bu taklifni rad etgan. Bu haqda Handelsblatt nashri ma’lum qildi.

AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchinga yo‘llagan maktubida Shols Germaniyaning shimoliy qirg‘og‘ida suyultirilgan gaz terminallari qurilishiga nemis soliq pullaridan 1 milliard yevro sarmoya kiritishni taklif qildi.

Gazetaning ta’kidlashicha, Shols bilan birgalikda kelishuv Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va Meklenburg-Vorpommern bosh vaziri Manuela Shvesig tomonidan ilgari surilgan.

Har ikki davlat rasmiylari nashrga hozircha izoh bermagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!