Sloveniya, Kolumbiya hamda Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi elchilari tayinlandi

Sloveniya, Kolumbiya hamda Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi elchilari tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Sloveniya, Kolumbiya hamda Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda vazirning Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Shuningdek, Kolumbiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ektor Isidro Arenas Neyra bilan ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish, ishbilarmonlik, siyosiy, madaniy hamkorlikni hamda xalq diplomatiyasini rivojlantirish muhimligi ta’kidlangan.

Ma’lum qilinishicha, Sloveniyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Darya Bavdaj Kuret bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning asosiy ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilingan.

Baxtiyor Saidovning ma’lum qilishicha, Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Daadanxuu Batbaatar bilan uchrashuvda oliy darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar, iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish, qo‘shma istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, barcha sohalarda yaqin hamkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!