"Real" yana bir Fransiya termasi futbolchisini jamoaga olib kelmoqchi

"Real" yana bir Fransiya termasi futbolchisini jamoaga olib kelmoqchi

Madridning "Real" klubi Fransiya terma jamoasi va "Yuventus" yarim himoyachisi Adriyen Rabyoga qiziqish bildirmoqda.

"Get Football News Italy" nashrining "La Gazzetta dello Sport" nashriga tayanib xabar berishicha, madridliklar fransiyalik futbolchining "Evro-2024" doirasidagi Avstriyaga qarshi o‘yinidagi (1:0) harakatlaridan hayratda qolgan.

"Qirollik klubi" yozda 29 yoshli yarim himoyachining transferini ko‘rib chiqmoqda. Biroq, ayni damda "Real" va Rabyo o‘rtasida hech qanday aloqa yo‘q.

Avvalroq, Rabyo "Yuventus"ning yangi shartnoma taklifiga javob bermagan, chunki uning maoshini oshirish taklif qilinmagan.

Futbolchining Turin klubi bilan shartnomasi shu yilning yozida tugaydi. 30 iyun kuni shartnoma yangilanmasa, u erkin agentga aylanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!