Tramp Jo Bayden muntazam ravishda Ukraina mavzusida noto‘g‘ri bayonotlar berishini aytib o‘tdi

Tramp Jo Bayden muntazam ravishda Ukraina mavzusida noto‘g‘ri bayonotlar berishini aytib o‘tdi

AQSh prezidenti Jo Bayden “Ukraina, albatta, NATOga a’zo bo‘ladi”, deb aytmasligi kerak edi, dedi sobiq davlat rahbari Donald Tramp.

Bayden mutlaqo noto‘g‘ri gaplarni aytdi. Ulardan biri “Ukraina NATOga qo‘shiladi” degan gap. Men bu gapni tinglaganimda “Bu odam urush boshlaydi”, deb o‘ylagandim, — dedi Tramp All In podkastida.

Trampning qo‘shimcha qilishicha, Bayden muntazam ravishda Ukraina mavzusida noto‘g‘ri bayonotlar bergan. Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Bayden “aqldan ozgan fikrlar”ni aytishda davom etmoqda.

Shu bilan birga, Tramp hokimiyatga kelsa, Ukrainaga AQSh harbiylarini yubormasligiga kafolat bera olishini aytdi.

Fransiya hamda Germaniyada vaziyat butunlay boshqacha, chunki ular uchun Ukraina “deyarli qo‘shni”, — deb ta’kidladi Tramp.

“Hozirda men doimo Ukrainaning NATOga qo‘shilishi haqida gaplarni eshityapman. Shuningdek, Fransiya Ukraina hududida jang qilmoqchi ekanligini aytishmoqda. Nima ham derdim, ularga omad”, — dedi Tramp.

Trampning yana bir bor ta’kidlashicha, agar hozir AQSh prezidenti Bayden emas, balki o‘zi bo‘lganida, Ukrainadagi mojaro boshlanmagan bo‘lardi.

Bayden ham, Tramp ham prezidentlik sayloviga nomzod bo‘lish uchun kerakli miqdordagi ovozlarni to‘plashdi. Nomzodni ilgari surish Demokratlar va Respublikachilarning yozda o‘tkaziladigan qurultoylarida amalga oshiriladi.

AQShda prezidentlik saylovi 2024 yil 5 noyabrga belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!