“Putinning Osiyoga tashrifi AQSh uchun falokatga aylandi” — siyosiy ekspert

“Putinning Osiyoga tashrifi AQSh uchun falokatga aylandi” — siyosiy ekspert

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Osiyoga tashrifi, shuningdek, Shveysariyadagi Ukraina bo‘yicha sammit AQSh tashqi siyosatining to‘liq barbod bo‘lishiga olib keldi, deya britaniyalik ekspert Aleksandr Merkuris fikr bildirdi.

Qo‘shma Shtatlar tashqi siyosati uchun hafta shunchaki halokatli bo‘ldi. Shveysariyada konferensiya bo‘lib o‘tdi. U faqat muvaffaqiyatsizlik bilan cheklanib qolmay, to‘liq mag‘lubiyatga aylandi. Rossiya Vashingtonda hech kim kutmagan diplomatik qadamlarni tashlayapti, — deydi tahlilchi.

Merkurisning aytishicha, Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi strategik sheriklik AQSh uchun mutlaqo kutilmagan bo‘lgan, chunki amerikaliklarning asosiy maqsadi Xitoy kabi bu davlatlarning yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lgan.

Agar siz diplomatiya bilan shug‘ullanmasdan, qurolli to‘qnashuvlar va urushlar siyosatiga amal qilsangiz, hammaga nisbatan sanksiyalar qo‘llamoqchi bo‘lsangiz, shunday bo‘ladi, — deya xulosa qilgan ekspert.

Avvalroq Rossiya prezidentining KXDRga tashrifi doirasida Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risida Shartnoma, sog‘liqni saqlash, tibbiyot ta’limi va ilm-fan sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!