Tayvanda 500 yo‘lovchini olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib ketdi

Tayvanda 500 yo‘lovchini olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib ketdi

Tayvanda yo‘lovchi poyezdi qisman relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida yetti kishi jarohat oldi. Bu haqda Tayvan markaziy axborot agentligi ma’lum qilgan.

Unga ko‘ra, hodisa Xualyan okrugidagi Sinshuy tunnelida sodir bo‘lgan. Poyezdda 500 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga katta tosh bo‘laklarining temir yo‘l relslariga tiqilib qolishi sabab bo‘lgan. Haydovchi katta tezlikda tormozni keskin bosgan va buning oqibatida vagonlar relsdan chiqib ketgan.

Halok bo‘lganlar va jabrlanganlar bor yoki yo‘qligi haqida xabar berilmagan. Yo‘lovchilar muvaffaqiyatli evakuasiya qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!