Serbiya UYEFAga Yevro-2024'ni tark etish bilan tahdid qilmoqda

Serbiya UYEFAga Yevro-2024'ni tark etish bilan tahdid qilmoqda

Serbiya futbol assosiasiyasi bosh kotibi UEFAga Xorvatiya va Albaniyani jazolash so‘rovini yubordi.

Serbiyaning da’vo qilishicha, Xorvatiya va Albaniya muxlislari chorshanba kuni Gamburgda o‘tkazilgan 2:2 hisobidagi durang o‘yinida "o‘ldir, o‘ldir, serbni o‘ldir" deb hayqirgan.

Mamlakat futbol assosiasiyasi bosh kotibi Yovan Surbatovich UEFAga Xorvatiya va Albaniya muxlislarini qichqirgani uchun jazolash talabini yubordi.

Aslida, u hech qanday chora ko‘rilmasa, Serbiyaning Yevropa chempionatini tark etishga tayyorligi haqida ogohlantirgan.

Avvalroq Kosovolik jurnalist o‘yin vaqtida serb muxlislari tomon qayrilgan va qo‘llari bilan ikki boshli burgutni ifodalagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!