Jahon banki O‘zbekistonga 7,5 dollar "uglerod moliyasi" to‘ladi

Jahon banki O‘zbekistonga 7,5 dollar "uglerod moliyasi" to‘ladi

O‘zbekiston energiya sohasida emissiyalarni kamaytirish bo‘yicha Jahon bankidan samaradorlik uchun to‘lov olgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi.

Xususan, Jahon banki iCRAFT loyihasi doirasida 500 ming tonna karbonat angidrid gazi chiqindilarini muvaffaqiyatli qisqartirish uchun O‘zbekistonga 7,5 million dollar miqdorida grant ajratdi. O‘zbekistn natijalari uchinchi tomon tomonidan xolis tasdiqlangan.

"Umid qilamizki, ushbu pilot loyiha milliy iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham islohotlar o‘tkazish uchun namuna bo‘lishi, shuningdek, dunyoning boshqa mamlakatlarida ham shunday amaliyotni joriy etishda namuna bo‘lib xizmat qiladi”, - dedi JBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!