Ispaniya—Italiya o‘yini vaqtida Roberto Badjoning uyiga o‘g‘ri tushdi

Ispaniya—Italiya o‘yini vaqtida Roberto Badjoning uyiga o‘g‘ri tushdi

Sobiq futbolchi Roberto Badjoning uyi talon-taroj qilindi.

Corriere del Veneto nashrining xabariga ko‘ra, kamida besh nafar a’zodan iborat jinoiy guruh sobiq futbolchi oilasi bilan birga Yevro—2024 turniri doirasidagi Ispaniya—Italiya bahsini tomosha qilayotgan vaqtda uyga bostirib kirgan.

Taxminlarga qaraganda bu professionallar to‘dasi bo‘lgan: ular o‘g‘rilikni puxta rejalashtirgan va Italiyaning o‘yini vaqti tasodifiy tanlanmagan.

Talonchilar uyga bostirib kirishi bilan Badjo ularning biriga qarshilik qilmoqchi bo‘lgan — jinoyatchi uning peshonasiga to‘pponcha bilan urib, og‘ir jarohat yetkazgan. Shundan so‘ng Roberto va uning oilasi xonaga qamab qo‘yilgan.

Jinoyatchilar qimmatbaho soatlar, taqinchoqlar va pullarni o‘g‘irlagan. Hozircha yetkazilgan zararni qiymati aniqlanmagan. Oradan 40 daqiqa vaqt o‘tganidan so‘ng Roberto talonchilar uyni tark etganini bilgan va darhol polisiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.

Badjo shifoxonaga olib ketilgan. Futbolchining oila a’zolariga esa shikast yetmagan.

Eslatib o‘tamiz, 1982 yildan 2004 yilga qadar futbolchilik faoliyatini olib borgan. Faoliyati davomida u “Yuventus”, “Milan”, “Inter” va “Fiorentina” kabi klublar sharafini himoya qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!