O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Gvineyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Gvineyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Parij Olimpiadasi oldidan Gvineyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.

Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi. Uchrashuv 15 iyul kuni Fransiyada bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida 2-o‘rinni egallab, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Olimpiya terma jamoasi finalda Yaponiyaga imkoniyatni boy bergandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!