Tramp xorijlik talabalarga grin-karta berishni taklif qildi

Tramp xorijlik talabalarga grin-karta berishni taklif qildi

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp kollejlarni bitirgan xorijlik talabalarga grin-karta berish g‘oyasini ilgari surdi. Bu haqda Reuters'ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

“Ular bu mamlakatda qolishlari uchun diplomlarining bir qismi sifatida avtomatik ravishda grin-karta olishlari kerak. Men eng yaxshi kollejni bitirgan va bu yerda qolishni juda xohlayotgan odamlar hikoyasini bilaman, ularda reja, konsepsiya bor edi. Ular buni amalga oshira olmaydi. Kimdir o‘qishni yaxshi natijalar bilan tamomlaydi, lekin ular hatto kompaniya bilan shartnoma tuza olmaydi, chunki mamlakatda qolishlari mumkin deb o‘ylashmaydi”, — dedi u.

Trampning so‘zlaridan uning taklifi mamlakatga noqonuniy kelganlarga ham tegishlimi yoki yo‘qmi, aniq emas. Biroq u avval ham noqonuniy migrasiya haqidagi keskin qarashlarini bir necha bor bildirgandi.

Grin-karta doimiy yashash kartasi sifatida ham tanilgan bo‘lib, shaxslarga AQShda doimiy istiqomat qilish, ishlash huquqini beradi va fuqarolik olish sari qadamdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!