Messi boshqa hech qachon ishtirok etmaydigan turnir nomini aytdi

Messi boshqa hech qachon ishtirok etmaydigan turnir nomini aytdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika Kubogidagi muvaffaqiyatli startdan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Bu mening oxirgi Amerika kubogimmi? Ha. Jahon chempionati 2026? Jahon chempionatida yana bir g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Ko‘p narsa ishlar qanday ketayotganiga bog‘liq, biz bosqichma-bosqich harakat qilishimiz kerak. Men hozir juda yaxshi ishlayapman", dedi Messi.

2024 yilgi Amerika kubogi guruh bosqichining ochilish o‘yinida Argentina terma jamoasi Kanadani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu uchrashuvda Messi golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!